PostgreSQL: ma'lumotlar bazasi noldan
28 ta darsda SQL va PostgreSQL: jadval yaratishdan JOIN, indeks, funksiya va triggerlargacha, oxirida internet do'kon bazasi. Har darsda video, to'liq yozma tushuntirish va shu sahifada tekshiriladigan 10 ta masala yoki test.
Преподаватель: Jahongir Dustqulov (video darslar)
Войдите через Telegram, чтобы сохранять прогресс.
- Видеоуроки и тексты
- Задачи проверяются прямо на странице
- Тесты после уроков
- Каждый урок открывается после предыдущего
- PDF-сертификат с QR-кодом
Чему вы научитесь
- Ma'lumotlar bazasi, jadval va SQL tushunchalari; PostgreSQL va pgAdmin'ni o'rnatish
- SELECT, INSERT, UPDATE, DELETE — ma'lumotlarni olish va o'zgartirish
- Normallashtirish, foreign key, JOIN va UNION bilan jadvallarni bog'lash
- GROUP BY, HAVING, ORDER BY, LIMIT va ichki so'rovlar (subquery)
- Indekslar, son, matn va vaqt funksiyalari
- Funksiya, procedura, trigger, foydalanuvchi huquqlari, backup va restore
- Amaliy loyiha: internet do'kon bazasini loyihalash va qurish
Программа курса
7 тем · 28 уроков
1 Kirish: ma'lumotlar bazasi va PostgreSQL 3 урока
2 Ma'lumotlar bilan ishlash: SELECT, INSERT, UPDATE, DELETE 4 урока
3 Jadvallarni loyihalash va bog'lash 4 урока
4 Guruhlash, saralash va ichki so'rovlar 5 уроков
5 Demo baza, indekslar va funksiyalar 5 уроков
6 Dasturlash, xavfsizlik va zaxira nusxa 4 урока
7 Amaliy loyiha: internet do'kon bazasi 3 урока
О курсе
PostgreSQL — dunyodagi eng kuchli bepul ma'lumotlar bazasi tizimlaridan biri. Uni banklar, internet do'konlar, ijtimoiy tarmoqlar va davlat tizimlari ishlatadi.
Kurs Jahongir Dustqulovning YouTube'dagi «Database: PostgreSQL darslari» videokursi asosida tuzilgan: 28 ta dars, videolar o'zbek tilida. Har bir dars uch qismdan iborat:
- Video — mavzu amalda ko'rsatiladi.
- Yozma tushuntirish — mavzu misollar, jadvallar va izohlar bilan to'liq yozilgan: videoni ko'rmasdan ham o'qib o'rganish mumkin.
- 10 ta masala — shu mavzu bo'yicha, oddiydan murakkabga. SQL so'rovni shu sahifaning o'zida yozasiz va «Tekshirish» tugmasini bosasiz: so'rov brauzerdagi haqiqiy PostgreSQL'da darsdagi bazada, keyin boshqa ma'lumotlar bilan ham sinab ko'riladi. Nazariy darslarda (ma'lumotlar bazasi haqida, o'rnatish, normallashtirish, demo bazani o'rnatish, zaxira nusxa) masala o'rniga 10 savollik test bor.
Keyingi dars qachon ochiladi? Darsdagi masalalarning kamida 70 foizini yechsangiz (10 tadan 7 tasi) yoki testdan 70 foiz bilan o'tsangiz. Barcha darslarni tugatganingizda QR kodli sertifikat beriladi.
Kerakli narsalar: kompyuter yoki telefon va internet. Masalalarni yechish uchun hech narsa o'rnatish shart emas. Kompyuterga PostgreSQL'ni bepul o'rnatish 2-darsda ko'rsatiladi. Oxirgi uch darsda internet do'kon bazasini boshidan oxirigacha quramiz.
Videolar muallifi — Jahongir Dustqulov (YouTube). Yozma tushuntirishlar, masalalar va testlar Ziyo Academy tomonidan tayyorlangan. Videolar 2022-yilda yozilgan, shuning uchun dasturlarning oynalari hozirgi versiyalardan biroz farq qilishi mumkin.